Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OPEK fondi Namanganga 54 million dollar imtiyozli kredit ajratdi

OPEK fondi Namanganga 54 million dollar imtiyozli kredit ajratdi

Foto: «namangan.uz»

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID)  Namangan viloyati aholi punktlariga ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi uchun 54 mln dollar imtiyozli kredit ajratishini xabar qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«2019-yilning 22-mart kuni OPEK qoshidagi OFID fondi Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihaning tasdiqlangani to‘g‘risida O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi xabardor qilindi», deyiladi xabarda.

Loyihani amalga oshirish 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan. U hayotga tadbiq etilganidan so‘ng, Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ushbu imtiyozli kredit Namangan viloyatiga besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring