Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qi, qizim! Afrikalik dugonangda bunday imkoniyat yo‘q

O‘qi, qizim! Afrikalik dugonangda bunday imkoniyat yo‘q

Foto: «Theconversation.com»

Jahon banki tahlilchilari qiz bolalarning ta’lim olmasligi iqtisodiyotga qancha zarar keltirishini hisoblab chiqishdi, deb xabar bermoqda «Life.ru».

Yaqinda Jahon banki ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, 130 million nafardan ortiq qizlarning maktabga bormasligi oqibatida jahon iqtisodiyoti 30 trillion dollar zarar ko‘rmoqda. Bu chakana ko‘rsatkich emas — AQSh va Xitoyda bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot qo‘shilsa taxminan shuncha bo‘ladi.

Jahon banki hisoblashicha, agarda mana shu 130 million nafar qiz hech bo‘lmaganda boshlang‘ich ta’limni olganida ham ularning umumiy daromadi 15 trillion dollarga yetardi.

Endi esa Jahon bankining 2016-yilgi statistikasiga e’tiboringizni tortamiz: jahondagi har o‘n nafar qizning to‘qqiz nafari boshlang‘ich ta’lim olmoqda, biroq ularning uchdan bir qismigina o‘rta maktabni tugallayapti. Bu holat asosan Afrika, Osiyo va boshqa mintaqalardagi qashshoq mamlakatlarda kuzatilmoqda.

Boshlang‘ich ta’limga ega ayollar umuman o‘qigan ayollarga qaraganda 14—19 foiz ko‘p daromad oladi. Umuman o‘qimaganlarga nisbatan maktabni tugatgan ayollar ikki, oliy ta’lim diplomiga ega ayollar uch baravar ko‘p daromad olishadi, deyiladi bank hisobotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring