Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

«O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqildi va uni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu Qonunning maqsadi o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va o‘qituvchilarning huquqiy maqomini to‘liq ifodalashni, uning kasbiy faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyi, ijtimoiy himoya kafolatlarini joriy etishni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Qonun loyihasi o‘qituvchilarning maqomini va pedagogik faoliyat prinsiplarini hamda o‘quvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha tizimni belgilab beradi.

Hujjatda o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmati kafolatlari belgilanadi. Xususan, o‘qituvchilarning ish haqidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan to‘lovlarni, jumladan davriy nashrlarga obuna bo‘lish, asossiz maoshidan ushlab qolish taqiqlanadi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini majburiy mehnat, shahar va tuman hududlarini ko‘kalamlashtirish va obodlashtirish ishlariga, metallolom va makulatura yig‘ishga, qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy va shunga o‘xshash boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ota-onalar o‘qituvchining professional majburiyatlari doirasiga kiradigan masalalarga asossiz aralashish huquqiga ega emaslar.

Qonun loyihasida o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi va individual pedagogik faoliyatga doir huquqlarini belgilab berish ham ko‘zda tutilgan.

Xalq ta’limi vazirligi «O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini yanada takomillashtirish uchun barchani, jumladan malakali pedagoglarni muhokamalarda faol ishtirok etishlarini so‘raydi. Qonun loyihasining muhokamasi 2019-yilning 26-yanvariga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring