Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchilari «Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyiga ekskursiya uyushtirdi

Maktab o‘quvchilari «Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyiga ekskursiya uyushtirdi

Foto:««Oʻqituvchi» NMIU»

23-noyabr kuni Yunusobod tumanida joylashgan 220-maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi «Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyida uchrashuv tashkil etilib, korxona faoliyati bilan tanishtirildi. Bu haqda nashriyot matbuot xizmati vakili ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari nashriyotda kitob va kitob mahsulotlari tayyor holga kelgunga kadar qanday bosqich va jarayonlardan o‘tishi bilan tanishdilar. O‘quvchilarga nashriyot hodimlari tomonidan kerakli ma’lumot va tavsiyalar interaktiv tarzda berildi. Korxona bo‘ylab tashkil qilingan ekskursiya o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, yaxshi taassurot qoldirdi.

Foto:««Oʻqituvchi» NMIU»

– «Oʻqituvchi» NMIUda bo‘lgan bugungi uchrashuvimiz, nafaqat ekskursiyada qatnashgan o‘quvchilarda, qolaversa menda ham katta taassurot qoldirdi. Kitob va kitob mahsulotlari qanday mashaqqatli jarayonlar natijasida tayyor bo‘lishini inobatga olib, o‘quvchilarimizga darsliklarini avaylash ko‘plab insonlarning mehnatini qadrlash kerakligini aytib o‘tdik, - deydi 220-maktab o‘qituvchisi Shaxlo Dadajanova.

Uchrashuv so‘nggida, maktab o‘quvchilariga nashriyotda ishlab chiqarilgan qiziqarli kitoblar sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring