Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pulli munosabatlarga barham beriladi

O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pulli munosabatlarga barham beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligida yangi vazir Sherzod Shermatov ishtirokida press-brifing o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Yig‘ilishda Sherzod Shermatov maktab fondi bilan bog‘liq savollarga ham javob qaytargan.

«Maktab fondi shaffof bo‘lishi kerak. Uni o‘qituvchi yig‘ishi kerak emas, boshqa qonuniy, to‘g‘ri mexanizm yaratishimiz kerak.

Butun dunyoda maktablarga homiylik qilish amaliyoti bor. Maktab direktorlari bilan suhbatlashdim. Bitta misol, bitta maktab yopilish arafasida bo‘lgan. Shunda direktor bitiruvchilardan yordam so‘rab maktabni saqlab qolgan. Yoki yana boshqa bir maktab direktori qo‘shimcha to‘garaklar, masalan, shaxmat bo‘yicha, koreys tili bo‘yicha to‘garaklar ochgan.

Maktabda qo‘shimcha pul topish mumkin. Agar tadbirkor direktorlar bo‘lsa, ularga qonuniy yordam berishimiz kerak. Hammasi bank orqali, qonuniy bo‘ladi. Ammo uning shaffofligini nazorat qiladigan kengash tuzish masalasini o‘ylab ko‘ramiz. O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi pulli munosabatlarga chek qo‘yishimiz kerak», — dedi Xalq ta’limi vaziri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring