Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Orol fojiasi muhokamalari: endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tiladi

Orol fojiasi muhokamalari: endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tiladi

Foto: «president.uz»

Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari majlisi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo‘ldi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olinganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to‘planib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tilishini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar ta’sischi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring