Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rta Osiyo yoshlari Termizda (foto)

O‘rta Osiyo yoshlari Termizda (foto)

Termiz shahridagi «Xalqaro yoshlar oromgohi»da O‘rta Osiyo yoshlarining «Xalqaro do‘stlik» forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Mazkur forum O‘rta Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan yoshlarni o‘zbekona urf-odat va karnay-surnay sadolari ostida Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olish bilan boshlandi.

Yurtimiz mehmonlari, dastlab, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi. Qo‘shni mamlakat yoshlarida qadimiy vohaning boy tarixi, osori-atiqalari, madaniyati, hududga xos urf-odat va an’analari, turli arxeologik obidalari katta qiziqish uyg‘otdi.

Forum ishtirokchilari 2 guruhga bo‘lingan holda muzeydagi ramziy qadimiy davrlarga sayohat qilib, «Esdaliklar» kitobiga o‘z fikr-mulohazalari, dil so‘zlarini muhrladilar.

Forum doirasida turli konferensiyalar, uchrashuvlar va madaniy dasturlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu forum joriy yilning 14-oktyabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring