Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo chempionati sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi (foto)

Osiyo chempionati sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi (foto)

O‘zbekiston terma jamoasi.

Foto: «The-uff.com»

Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Iroq terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Futzalchilarimizni Islom Karimov nomidagi «Toshkent Xalqaro aeroporti»da O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi mutassaddilari, muxlislar, futzalchilarning yaqinlari va OAV vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Futzalchilarga Osiyo chempionatidagi yorqin o‘yin va bronza medallari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi musobaqalarda bundan ham katta natijalarga erishishlariga tilak bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring