Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo o‘yinlari. Terma jamoamiz hisobiga yana bir medal qo‘shildi

Osiyo o‘yinlari. Terma jamoamiz hisobiga yana bir medal qo‘shildi

Foto: «UzReport.news»

Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining birinchi kunidayoq sportchilarimiz qator medallarni qo‘lga kiritdi. Bugun sportning ushu turi bo‘yicha finalda ishtirok etgan hamyurtimiz Darya Latisheva terma jamoamiz hisobiga yana bir medalni keltirdi. U Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha erkin kurash bo‘yicha 65 kg. vazn toifasida gilamga chiqqan Sirojiddin Hasanov terma jamoamizga dastlabki medalni (bronza) tuhfa etgan bo‘lsa, Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga ilk oltin medalni keltirdi. Shuningdek, yana bir erkin kurashchimiz Magomed Ibragimov bronza medali sohibi bo‘ldi.

Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha qit’amizning 45 mamlakati ichida hozircha sakkizinchi o‘rinni egallab turgan edi, bugun qo‘shilgan kumush hisobiga 6-o‘ringa ko‘tarilib oldik.

Bugun, shuningdek, sportchilarimiz yana oltita tur bo‘yicha medallar uchun kurashishadi.

Taekvondo VTF

Saralash –11:30, 14:30

Final – 18:00, 22:00

67 kg: Nigora Tursunqulova

58 kg: Niyoz Po‘latov

53 kg: Dinara Madibragimova

Erkin kurash

Saralash – 15:00, 19:00

Final – 21:00, 23:00

125 kg: D.Modzmanashvili

50 kg: D.Yaxshimuratova

53 kg: S.Eshmuratova

57 kg: N.Esanboyeva

O‘q otish

10 m, yakkalik

V.Skoravarov (11:00-12:15, 13:00-14:40)

Z.Pardaboyeva (13:00-14:15, 15:30-16:10)

S.Mamedova (13:00-14:15, 15:30-16:10)

Ushu

Final – 12:00, 13:00

Nimchorak – 21:30, 23:30

D.Latisheva (Final)

I.Haydarov (Nimchorak)

A.Rahimov (Nimchorak)

Sport gimnastikasi (caralash)

Bryus – 12:00, 14:00

Individual – 16:00, 18:00

Jamoaviy – 20:00, 22:00

A.Fokin

A.Azimov

R.Abdurahimov

X.Abdusamatov

A.Hamroqulov

Akademik eshkak eshish

Sakkiztalik LM8+ 2000 m (saralash) – 11:00, 14:00

A.Yarov

D.Bahriyev

I.Mambetnazarov

D.Xursanov

Sh.Najmiyev

O.Rahimov

Sh.Hakimov

Z.Usmonov

A.Krasnov

To‘rttalik M4x 2000 m (saralash) – 11:00, 14:00

U.Davronov

F. Astanov

A. Muhammedov

Sh. Abdujabborov

Tennis

Yakkalik, 2-bosqich – 10:00, 12:00

Denis Istomin

Sanjar Fayziyev

Sabina Sharipova

Nigina Abduraimova

Juftlik, erkaklar, 1-bosqich – 10:00, 12:00

X.Sultanov/F.Do‘stov

S.Fayziyev/J.Karimov

Juftlik, ayollar, 1-bosqich – 10:00, 12:00

Iroda To‘laganova/Oqgul Omonmurodova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring