Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo rekordchisiga ikki xonali kvartira berildi

Osiyo rekordchisiga ikki xonali kvartira berildi

III Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Shohsanam Toshpo‘latova.

Foto: «Uza.uz»

III Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi, Qarshi davlat universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Toshpo‘latovaga prezident sovg‘asi – ikki xonali kvartira kaliti topshirildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 14-15-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida III Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi (3 ta oltin, 4 ta kumush medal, 2 marta Osiyo rekordi o‘rnatgan) Qarshi davlat universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Toshpo‘latova bilan ham uchrashdi. Sportchining ushbu yutuqlari davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlanib, unga viloyat markazidan ikki xonali kvartira sovg‘a qilingan edi.

Foto: «Uza.uz»

Bugun, 18-dekabr kuni Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasida barpo etilgan zamonaviy uylardan 2 xonali kvartira kaliti chempionga tantanali ravishda topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring