Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo taraqqiyot banki va AT «Aloqabank» O‘zbekistonda savdo sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Osiyo taraqqiyot banki va AT «Aloqabank» O‘zbekistonda savdo sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Foto: «LinkedIn»

Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning savdoni moliyalash dasturi va AT «Aloqabank» o‘rtasida O‘zbekistonda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish va kreditlar ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqida «UzDaily» xabar berdi.

Kelishuvga OTBning O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi rahbari Takeo Konishi va AT «Aloqabank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Hasan Rahmatov tomonidan imzo qo‘yildi.

«O‘zbekistonda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish, jumladan kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashda AT «Aloqabank» bilan hamkorlik o‘rnatganimizdan xursandmiz», — dedi O‘zbekiston bo‘yicha savdoni moliyalash dasturi menedjeri Nana Kurodze.

OTBning savdoni moliyalash dasturi O‘zbekistonda 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va ayni paytda beshta mahalliy bank bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Bugungi kunda, dastur doirasida 473ta bitim amalga oshirilib, savdoni qo‘llab-quvvatlash uchun $1,3 milliard ajratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring