Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘smirlar jamoasi bosh murabbiyi raqiblarni yaxshi o‘rgana olmaganini tan oldi

O‘smirlar jamoasi bosh murabbiyi raqiblarni yaxshi o‘rgana olmaganini tan oldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda BAAlik tengqurlariga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Bugun mazkur o‘yinlar oldidan har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ustozi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi.

—Biz raqiblarimizni u qadar yaxshi o‘rgana olmadik. Raqib jamoalar o‘yinlari disklari yaqinda bizga yetib keldi, masalan Bahrayn va Hindiston terma jamoalariniki. Ushbu raqiblar o‘yin uslubini o‘rganishni boshladik. Bizga ma’lum, Hindiston terma jamoasi yaqinda o‘z mintaqaviy musobaqasida g‘olib chiqdi. Ushbu terma jamoa raqiblarini juda katta farq bilan ortda qoldirdi. To‘plar nisbati 28-0. Finalda Nepalni 7:0 hisobida mag‘lub etdi.

Qolaversa, bizda Bahrayn termasi haqida ham ma’lumotlar bor. Biz bejizga BAA termasi bilan o‘yin o‘tkazmayapmiz. Ushbu ikki jamoa, umuman arablar deyarli bir xil uslubda o‘ynashadi. Shu sababdan ham BAA bilan bo‘ladigan o‘yinlar biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi Azamat Abduraimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring