Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘smirlarimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘smirlarimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Foto: «La Izquierda Diario»

Barselonada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida uchinchi sportchimiz o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Sprint va slalom bahslarida Islom Abdusalomov va  Gulbahor Fayziyeva sovrindorlar qatoridan o‘rin egallab, oktyabr oyida Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek,  yana bir yosh sportchimiz Sherzod Hakimjonov (Chirchiq) ham o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari me’yorini bajarib, Argentinadagi nufuzli musobaqada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa, baydarka va kanoechilarimiz Barselonadagi jahon chempionatida to‘rt imkoniyatdan uchta yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi. Avvalroq, vakillarimiz akademik eshkak eshish bo‘yicha ham ikkita yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring