Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota, endi siz dam oling, biz ishlaymiz deb ketishgandi... Birdaniga ikki o‘g‘lidan ajralgan ota faryodi (video)

Musibatning katta-kichigi bo‘lmaydi, deyishadi. Ammo 52 nafar o‘g‘lonning o‘limi yurt uchun katta yo‘qotish! Shu bois Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida ro‘y bergan fojia har birimizning, butun xalqimizning qalbiga chuqur qayg‘u soldi.

Fojiaviy halok bo‘lganlar orasida ota-bola, aka-ukalar, amakivachchalarning borligi kishini larzaga solmay qo‘ymaydi. Bir kunda oilasining ustunlaridan — eri va o‘g‘lidan yoki ikki nafar navqiron farzandidan ayrilganlarning holatini tasavvur qiling-a! Xudo ko‘rsatmasin!

Farg‘ona vodiysining «Taraqqiyot» telekanali ijodkorlari fojia qurbonlarining xonadonlaridan bo‘lib, ularning ota-onasi, yaqinlaridan intervyu olishdi. Ayniqsa, aka-uka Hamidullo va Habibullo Madrahimovlarning otasi aytgan gaplar har qanday yurakni o‘rtashi tabiiy.

Biz bu lavhani qisqartirishlar bilan e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring