Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘tirib» chiqqan ayolning pensiya olishga bo‘lgan huquqi tiklandi

«O‘tirib» chiqqan ayolning pensiya olishga bo‘lgan huquqi tiklandi

Foto: «Xabar.uz»

Pensioner Muhabbat Namozova (ismi sharifi o‘zgartilgan) 2017-yil 31-iyul kuni JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olinib, sudning 2017-yil 26-sentyabrdagi hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etilgan.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u 2018-yil 2-noyabrda sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab qaytadi.

Muhabbat Namozova boquvchisi yo‘q, yolg‘iz yashaydi. Faqatgina budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan unga nogironlik nafaqasi tayinlanib, to‘lab kelingan pulga kun kechirgan. Jazoni o‘tab qaytgach, yashashi uchun pulga ehtiyoj sezadi va qamoqda bo‘lgan vaqtida, ya’ni 2017 yilning may, iyun, iyul oylari uchun nafaqa pullarini berishlarini so‘rab, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Buxoro shahar bo‘limiga murojaat qiladi. Biroq bo‘lim tomonidan M.Namozovaga pensiya puli topshirilishi uchun borilganda, uning uyida bo‘lmaganligi sababli pensiya pulini topshirishni imkoni bo‘lmaganligi, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunining 59-moddasida, pensioner hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya pulini olish maqsadida murojaat etilgandan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davri uchun to‘lanishi belgilanganligi, shuningdek davlat boji va pochta xarajatlari ham asossiz ravishda undan undirilishi belgilanganligi sabablari bilan uning murojaatini rad etilgan.

2017 yil may, iyun, iyul oylarida Muhabbat Namozovaga tergov va sud jarayonlarida ishtirok etgani sababli bu vaqtda yashash manzilida bo‘lmagan. Nafaqa tayinlash uchun mas’ul xodim tomonidan uning uyida yo‘qligi sabablari MFY vakillari bilan birgalikda to‘liq o‘rganilmagan. Holbuki, uning shu vaqtga qadar tergov jarayonlari yoki sudda bo‘lganligi uzrli sabab sifatida baholanishi lozim edi.

Fuqaro M.Namozovaning Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga qilgan murojaati asosida Buxoro shahar ma’muriy sudining 2019-yil 29-yanvardagi hal qiluv qarori bilan mansabdor shaxsning fuqaro M.Namozovaga 2017-yil may, iyun-iyul oylarida hisoblangan nafaqa pullarini to‘lamaslikda ifodalangan harakatlari g‘ayriqonuniy deb topilib, pensiya jamg‘armasiga fuqaro M.Namozovaga mazkur davr uchun hisoblangan nafaqa pullarini to‘lash majburiyati yuklatildi va mansabdor shaxsdan davlat bojlari undirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida ko‘rsatilganidek, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Xoh u sudlangan, xoh mahkum bo‘lsin, shu yurt fuqarosi sifatida uning qonuniy huquqlarini poymol qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring