Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘yinchoq olmoqchi bo‘lgan bola ustiga katta archa qulab tushdi (video)

O‘yinchoq olmoqchi bo‘lgan bola ustiga katta archa qulab tushdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi shaharlarning birida o‘rnatilgan archadan o‘yinchoq olmoqchi bo‘lgan bolakay ustiga archa qulab tushgani aks etgan video tarqaldi, deb xabar berdi «Repost».

Videodan ko‘rish mumkinki, bolakay archadagi bezatilgan o‘yinchoqlarga qiziqib, ulardan birini olmoqchi bo‘ladi, bir necha soniya o‘tib esa archa uning ustiga qulaydi.

Shu atrofdagi kishilar bolakayni archa ostidan chiqarib oladi. Xabar qilinishicha, bola jiddiy jarohat olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring