Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z farzandini bo‘g‘ib o‘ldirgan andijonlik ayolga nisbatan hukm o‘qildi

O‘z farzandini bo‘g‘ib o‘ldirgan andijonlik ayolga nisbatan hukm o‘qildi

Foto: «Sevimli TV»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudida Qo‘qon shahrida o‘z farzandini bo‘g‘ib o‘ldirgan onaning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Sudlanuvchi S.T 2018-yil 23-mart kuni o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli yashash xonadoni Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Ma’murobod qishlog‘idan 2015-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi bilan chiqib ketib, 23-25-mart kunlari davomida Qo‘qon shahrida bir nechta shaxslarning uylarida tunab qolgan.

Mavzuga oid: O‘z farzandi qotiliga aylangan andijonlik ayol o‘g‘lini avval ham o‘ldirmoqchi bo‘lgan...

26 mart kuni o‘ziga tanish bo‘lmagan J.M bilan o‘g‘li F.Ini olib, Toshkent shahriga ishlash maqsadida ketadi. U yerda qaramog‘ida voyaga yetmagan o‘g‘li borligi sabab ishga joylasha olmaydi. O‘g‘li F.Idan qutulish maqsadida 2018-yil 2-aprel kuni Toshkent shahridan farzandi bilan Dang‘ara tumanida joylashgan avtobuslar shohbekatiga kelib, u yerdan Qo‘qon shahriga harakatlanuvchi 14-yo‘nalishli avtobusga o‘tirib, soat 16 larda Dang‘ara tumanidan Qo‘qon shahar «Turkiston» ko‘chasi tomonga harakatlanib keladi. «Avtokemping» mas’uliyati cheklangan jamiyati binosining ro‘parasida avtobusdan tushib qoladi. O‘zining niyatini amalga oshirish maqsadida binoning oldi yon tomonida joylashgan archalarning orqa tomoniga o‘tib, o‘ng qo‘l barmoqlari bilan ojiz ahvoldagi voyaga yetmagan o‘g‘lini bo‘yin qismini qattiq bo‘g‘ishi oqibatida voyaga yetmagan o‘g‘li F.I vafot etgan. O‘g‘lining murdasini archa daraxti tagiga tashlab, hodisa joyidan yashiringan.

Foto: «Uza.uz»

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining raisi M.Mirzajonov raisligida ko‘rib chiqildi.

M.Mirzajonovning ta’kidlashicha, sudlanuvchi S.T. sudda aybiga to‘liq iqror va qilmishidan pushaymon bo‘lib ko‘rsatuv bergan. Unga nisbatan jazo turi va me’yorini belgilashda, sodir etgan jinoyatining xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi, jabrlanuvchi qonuniy vakilining S.T.ga nisbatan og‘irroq jazo tayinlash haqidagi talabi, jinoyatni g‘arazli va boshqacha past niyatlarda sodir etgani inobatga olinib, 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring