Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjondagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjondagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Gazeta.ru»

Ozarbayjondagi mashina tuzatish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 4 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Ularning barchasi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» sayti.

Fojia kecha Ozarbayjonning Sumgait shahrida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 4 kishi kuyib, shahar shifoxonasiga olib borilgan. Ularning hech birini asrab qolish imkoni bo‘lmagan.

Portlashda 3 nafar sex ishchisi va avtomobil egasi, jami 4 kishi halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan Sumgait prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring