Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek kinorejissyori «Jahon kinosiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» diplomiga loyiq ko‘rildi

O‘zbek kinorejissyori «Jahon kinosiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» diplomiga loyiq ko‘rildi

Foto: «Pars Today»

Italiyaning Roma shahrida bo‘lib o‘tgan 19-Osiyo filmlari festivalida 73 yil oldin suratga olgan «Tohir va Zuhra» filmi uchun, milliy o‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejissyor Nabi G‘aniyev «Jahon kinosiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» maxsus diplomiga munosib ko‘rildi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Festivalda O‘zbekiston, Xitoy, Vetnam, Gruziya, Eron va boshqa bir qator Osiyo mamlakatlaridan jami 26 ta film namoyish etildi. Ular qatorida 8 oktyabr kuni Rashid Malikovning «Sabot» va 10 oktyabr kuni Nabi G‘aniyevning «Tohir va Zuhra» filmi namoyish etildi.

– Osiyo filmlari festivalida 73 yil oldin o‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejissyor Nabi G‘aniyev suratga olgan «Tohir va Zuhra» filmi tanlab olingani va u Yevropa kino san’ati ustalarining e’tirofiga sazovor bo‘lgani kinochilikda tarixiy filmlarga nisbatan ob’yektiv yondashuvning yana bir namunasi bo‘ldi, – deydi «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring