Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi

Rasman: O‘zbekistonda  «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi

Foto: www.the-uff.com

Ayni paytda Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun «Real Madrid» klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.

O‘FF xabarida aytilishicha, uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga asosan «Qirollik klubi»ning «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladigan bo‘ldi.

Undan tashqari «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Shuningdek, yurtimizdagi iste’dodli bolalarni «Real» Madridga olib borish, «Qirollik klubi» tomonidan tashqil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

«Real Madrid» Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida «Real Madrid» metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring