Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek-koreys do‘stligi: tarix sahifalari, istiqbol ufqlari

O‘zbek-koreys do‘stligi: tarix sahifalari, istiqbol ufqlari

Sessiyadan olingan surat.

Foto: «XPK»

Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi ayni shu mavzuda bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada e’lon qilingan qiziqarli faktlarga e’tibor bering: o‘tgan asr boshlarida Koreyada umr davomiyligi erkaklarda 24 yoshni, ayollarda 26 yoshni tashkil qilgan. 2013-yilda eng mnnovatsion davlat maqomini olgan Janubiy Koreya aholi jon boshiga 100 AQSh dollaridan 37 000 AQSh dollariga qadar ko‘tara oldi va dunyoning 14-iqtisodi darajasiga erishdi. 51 million koreyslarning 7 millioni turli davlatlarda muhojiratda yashashadi. O‘zbekistonda bu millat vakillarining 200 ming nafari istiqomat qiladi.

Respublikamizda faoliyat yurituvchi 138 ta milliy-madaniy markazlarning 27 tasi koreys milliy-madaniy markazlari ekanligi ham o‘zbek-koreys munosabatlari namunali ekanligining dalolatidir.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi maslahatchisi Kim Dje Un, O‘zbekiston – Koreya Do‘stlik jamiyati raisi, Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Karimov, O‘zbekiston-koreys madaniyat markazi assotsiatsiyasi rais maslahatchisi Valeriy Xan, jurnalistlar va talabalar ishtirok etdilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring