Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek migrant-ishchilari «Gazprom»ning pudratchi kompaniyasi ofisini ostin-ustun qilishdi (video)

O‘zbek migrant-ishchilari «Gazprom»ning pudratchi kompaniyasi ofisini ostin-ustun qilishdi (video)

Skrinshot

Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi ishchilari pudratchi kompaniya ofisini ostin-ustun qilishdi. RBK xabarida voqea yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish ochilgani aytilmoqda.

Tartibsizliklar «Gazprom»ning pudratchi tashkiloti «Renaissance Heavy Industries»ning vaxta shaharchasida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida «tashkilotning maishiy va ma’muriy binolariga ziyon yetkazilgan», deyiladi xabarda.

Nizo kelib chiqishiga «Renaissance Heavy Industries» xodimlari va uning rahbarlari o‘rtasida qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlantirish borasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgani taqdim etilgan press-relizda keltirilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, pudratchilar loyiha shartnomasi majburiyatlari doirasida o‘z vaqtida va doimiy asosda maosh olib kelishgan.

«Vesti.ru» xabariga ko‘ra esa, migrantlar (videodagi ovozlardan ular o‘zbeklar ekani ko‘rinib turibdi) maoshlari oshirilishini va karantindagi uch oy uchun ham haq to‘lashlarini talab qilishgan.

Isyonchi ishchilarga qarshi Rosgvardiya kuchlari tashlangani, ularning yetakchilari qo‘lga olinib, bezorilik bo‘yicha ish ochilgani ma’lum qilingan.

Amur viloyati prokuraturasi sayti xabarida «Renaissance Heavy Industries» ishchilari maoshlari oshirilishini talab qilgani ma’lum qilingan bo‘lsa, ayrim boshqa manbalarda oyliklar uch oy davomida berilmagani isyonga sabab bo‘lgani keltirilgan. Nazorat organi qurilish tashkilotida ishchilarning mehnat huquqlariga qanday rioya qilinayotganini ham tekshirmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring