Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek shaxmatchisi AQShda o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbek shaxmatchisi AQShda o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘ldi

Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari AQShning Nyu-York shahrida «Marshall» shaxmat klubida Marshall chempionati o‘tkazildi. Ushbu musobaqa 103 marta o‘tkazildi.

«Marshall» shaxmat klubi 1915 yilda grossmeyster Marshall tomonidan tashkil qilingan va 1916 yildan beri «Marshall chempionati» o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yil tashkil qilingan turnirda O‘zbekiston nomidan Hamroqulov Jo‘rabek qatnashib, Marshall chempionatining 103-chempioniga aylandi. Turnir har yili o‘tkazilib, bu yilgi bahsda 10 shaxmatchi qatnashdi. 40 yurishga 90 daqiqa ajratilib, har bir yurishga 30 sekund qo‘shimcha vaqt berildi.

Jo‘rabek Hamroqulov ushbu musobaqada raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘olib bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring