Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek shaxmatchisi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

O‘zbek shaxmatchisi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

Foto: Shaxmat federatsiyasi rasmiy sayti

O‘zbekistonlik xotin-qizlar o‘rtasidagi (wgm) xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyada bo‘lib o‘tgan «First Friday Masters March 2018» musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Xalqaro musobaqada Hindiston, Malayziya, Myanma, Filippin O‘zbekiston va Vetnamdan 10 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

Gulruhbegim Tohirjonova musobaqa davomida birorta mag‘lubiyat qayd etmadi. U 9 turning beshtasini durang bilan yakunlagan bo‘lsa, 4 bor g‘alaba qozondi. Shu tariqa Gulruhbegim 6,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring