Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarildi

O‘zbekiston 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarildi

Foto: «bigasia.ru»

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlar riskini klassifikatsiyalash tizimida O‘zbekiston Respublikasining o‘rni 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarilgani haqida rasman e’lon qildi. Bu haqda moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

IHTTning maxsus qo‘mitasi mamlakatlar riskini klassifikatsiyalash tizimi orqali dunyoning 200dan ortiq davlatini guruhlarga ajratadi. IHTTga a’zo mamlakatlarning eksport-kredit agentliklaridan (agentliklar) tashkil topgan ushbu qo‘mita yilda bir marotaba har bir davlatning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil etgan holda 1-guruhdan (eng yuqori to‘lov qobiliyati) 7-guruhgacha (eng past to‘lov qobiliyati) klassifikatsiya qiladi.

Ma’lumot uchun, MDH davlatlaridan Rossiya 4-guruhga, Ozarbayjon va Kozog‘iston 5-guruhga, aksariyat boshqa davlatlar 6- va 7- guruhlarga ajratilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlardan Braziliya, Turkiya, Serbiya va Vetnam kabi mamlakatlar 5-guruhda O‘zbekiston bilan bir qatorda o‘rin olgan.

Mamlakatlar riskini klassifikatsiyalash tizimida O‘zbekiston guruhining yaxshilanishi mamlakatimizga eksport-kredit agentliklarining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar uchun sug‘urta badalini sezilarli ravishda kamaytiradi.

Qolaversa, ushbu ko‘rsatkichning yaxshilanishi O‘zbekiston Respublikasining ilk xalqaro obligatsiyalarini jahon moliya bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirish uchun bevosita yordam berishi kutilmokda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring