Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston aeroportlari tariflarni pasaytirmoqda

O‘zbekiston aeroportlari tariflarni pasaytirmoqda

Foto: «Xabar.uz»

«Uzbekistan Airports»  AJ 15-apreldan kompaniya havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27 foizga pasaytirilib, O‘zbekiston aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llaniladi.

Pasaytirilgan yig‘im va tariflar xalqaro aviatsiya ma’lumotnomalarida e’lon qilindi. Bu bilan IKAOga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar O‘zbekiston  aeroportlarida qo‘llaniladigan tariflar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring