Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston AQSh kompaniyasi bilan innovatsion sug‘orish tizimlarini yaratish haqida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston AQSh kompaniyasi bilan innovatsion sug‘orish tizimlarini yaratish haqida kelishuvga erishdi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

10-14-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida AQShning Missisipi shtatiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari safidagi Innovatsion rivojlanish va Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari «Valmont Industries, Inc.» kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashib, O‘zbekistondagi qishloq xo‘jalik maydonlarida suv resurslarining sarfini «aqlli texnologiyalar nazorati»ni amalga oshiruvchi innovatsion sug‘orish tizimlarini yaratish haqida kelishuvga erishildi. Birinchi bosqichda fermerlik xo‘jaligining 100 gektarli ekin maydonida pilot loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati  xabar berdi.

Kompaniya loyihani ishlab chiqish, yomg‘irli sug‘orish tizimini dalaga o‘rnatish, shuningdek fermer xo‘jaligi xodimlarini o‘qitishga tayyorligini bildirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tajriba loyihasi qaysi fermer xo‘jaligida o‘tkazilishini belgilab, 100 gektar ekin maydon ajratilishini ta’minlaydi. Innovatsion rivojlanish vazirligi esa loyihaning umumiy va ilmiy-texnikaviy boshqaruvini amalga oshiradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov Missisipi shtatidagi «Innovate Mississippi» Innovatsion uyushma prezidenti T.Djeff bilan uchrashib, innovatsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi tomonlarning ilmiy-tadqiqot birlashmalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun: «Valmont Industries, Inc.» muhandislik qurilmalari va irrigatsiya tizimlari sohasida yetakchi korxonalardan biri bo‘lib, irrigatsion sug‘orish texnologiyalari va uskunalarini ishlab chiqish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. U o‘z faoliyatini dunyoning 23 davlatida amalga oshirib kelmoqda, kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasining miqdori 3 milliard dollardan oshiqdir.

«Innovate Mississippi» Missisipi shtatining iqtisodiyotini innovatsion va texnik rivojlanishini ta’minlovchi notijorat tashkiloti bo‘lib, startap kompaniyalar, ixtirochilar, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatadi, ishlab chiqarish, muqobil energiya sohalariga investitsiyalarni kiritish va biznesni rivojlantirish orqali shtat iqtisodiyotining o‘sishiga hissa qo‘shadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring