Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek mashinalari Rossiya avtobozorini tark etdi

O‘zbek mashinalari Rossiya avtobozorini tark etdi

Foto: «Avto.Vesti»

G‘arb sanksiyalari ortidan Rossiya bozorini Renault (Fransiya), Honda (Yaponiya), Lifan (Xitoy) va General Motors (AQSh) tark etdi. «Vesti» yozishicha, GM ning Cadillac va Chevrolet top-markalari qatorida, O‘zbekistonda yig‘ilayotdan budjet turkumidagi mashina modellari ham Rossiyani tark etgan.

«O‘zavtomotors» mashinalar yetkazishni mart oyida bas qilgan, «Keles Rus» distribyutori saytini yopib, ishlashdan to‘xtagan. Rossiyaga yetkazish to‘xtatilgan mashinalar — Chevrolet Nexia, Cobalt hamda Chevrolet Spark. Rossiya hududlarida dastlabki ikki mashina hali sotuvda topiladi, biroq subkompakt Spark endi yo‘q, deyiladi xabarda.

Bu mashinalar 2020-yildan Rossiyada Ravon brendi ostida sotilayotgandi. Mashinalarni yetkazish tiklanmaydi, aks holda, xabarga ko‘ra, «O‘zavtomotors» Amerikaning ikkilamchi sanksiyalariga tushishi mumkin.

Rossiya avtobozorini yo‘qotish o‘zbek avtokompaniyasi uchun katta yo‘qotish bo‘lmasligi ta’kidlangan: 2021-yilda ishlab chiqarilgan 237 mingta mashinadan faqat 5 mingtasi Rossiyaga yetkazilgan. 2022-yilda kompaniya modul platformada ishlab chiqariluvchi yangi model qatoriga o‘tadi. Bu modellarning birinchisi kompakt Chevrolet Tracker hisoblanadi.

GM (AQSh) ketayotgan eshigini qattiq yopdi, deyiladi xabarda: konsern 19-apreldagi bayonotida nafaqat buyurtma qilingan avtomobillarni rossiyalik dilerlarga yetkazishni to‘xtatishini, shuningdek, ehtiyot qismlar yetkazish va amaldagi mijozlarga barcha xizmatlar kafolatlanishini bas qilishini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring