Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston eksport bo‘yicha 28 million dollarlik shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston eksport bo‘yicha 28 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Foto: Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Afinada bo‘lib o‘tgan «Food Expo Greece 2018» Хalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.

2014-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan mazkur ko‘rgazma Janubiy-Sharqiy Yevropadagi oziq-ovqat va ichimliklar bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Joriy yilgi ko‘rgazmada 22 mamlakatdan 1250 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Shuningdek, tadbirga 70 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Ular orasida 65 ta mamlakatdan kelgan 3,5 ming xorijlik mutaxassis va xaridorlar bor.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston «Food Expo Greece 2018» ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etmoqda. Xususan, mamlakatimizdan 30 ta kichik va o‘rta biznes sub’yektlari qatnashib, ulardan 12 tasi stend bilan namoyish etildi.

O‘zbekiston ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi mahsulotlar chet elliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistondan kelgan delegatsiya vakillari hamda Gretsiya, Gollandiya, BAA, Chexiya, Pokiston, Polsha, Ozarbayjon, Xitoy vakillari o‘rtasida 100 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi.

Qolaversa, xorijiy tomon bilan o‘zbek mahsulotlarini (mayiz, yong‘oq, quritilgan o‘rik, bodom, qandolat mahsulotlari va hokazo) eksport qilish bo‘yicha hamkorlik va mini-texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha 28 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring