Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston FIFA reytingida ikki pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston FIFA reytingida ikki pog‘ona ko‘tarildi

FIFA yangi reytingni e’lon qildi

Foto: Eurosport

FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqoriladi va jadvalning 78-o‘rnini band etib turibdi.

Aytish kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFAning so‘nggi oylardagi reytinglarida ketma-ket pastga sho‘ng‘iyotgan edi. Bu safar ikki pog‘ona ko‘tarilishi evaziga Iroq termasini ortda qoldirdi.

FIFA reytingi
Foto: FIFA.com

Osiyo terma jamoalari reytingini hamon Eron termasi boshqaryapti. Forslar ushbu oyda ham 32-o‘rindan mustahkam joy egallashdi. Bizdan oldinda, shuningdek, Avstraliya (38), Yaponiya (57), Janubiy Koreya (60), Saudiya Arabistoni (63), Xitoy (71), BAA (73) va Suriya (77) terma jamoalari bor. Bizdan keyin esa Iroq va Falastin turibdi.

Umumiy reytingda hamon Germaniya terma jamoasi karvonboshilik qilmoqda. Nemislardan keyingi o‘rinni Braziliya band etgan bo‘lsa, Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya kuchli uchlikka yakun yasagan.

FIFA reytingi
Foto: FIFA.com
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring