Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada og‘ir ahvolda topildi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada og‘ir ahvolda topildi

Foto: «vesti»

Shu yilning 26-avgust kuni O‘zbekiston fuqarosi G‘.P. og‘ir ahvolda topilgani va 33-sonli shahar kasalxonasiga yotqizilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi buni tasdiqladi.

Shifokorlar bemorni ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida oyoqning travmatik amputatsiyasini qayd etishdi.

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli va reanimatsiya bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

«Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Sankt-Peterburg shahrining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tibbiyot muassasasi bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49», deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring