Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ayrim mamlakatlarga parvoz narxini oshirishi kutilmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ayrim mamlakatlarga parvoz narxini oshirishi kutilmoqda

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot xizmati

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi murakkab munosabat ortidan Pokiston havo yo‘llarining vaqtincha yopilishi tufayli O‘zbekistondan Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga aviaparvozlar narxi ko‘tarilishi mumkin.

Havo yo‘nalishlari o‘zgargani tufayli Bangkok, Amritsar, Kuala-Lumpur va Singapurga parvozlar davomiyligi sezilarli darajada oshgan.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmati vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra, «hozirda narxlarni oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda».

Pokiston hukumatining havo yo‘lini hali-veri ochish niyati yo‘q. Yopiqlik davri kundan kunga uzayib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kashmirda 46 nafar hind askarining halok bo‘lishi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi. Buning ortidan O‘zbekistonning Amritsarga uchayotgan samolyoti ortga qaytdi, Pokistonga parvozlar bekor qilindi, Rossiyaning Hindistonga ketayotgan layneri Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring