Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Interpol byurosi yirik firibgarni qo‘lga oldi

O‘zbekiston Interpol byurosi yirik firibgarni qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol MMB xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi.

Tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazish chog‘ida Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari Qirg‘iziston Respublikasida xalqaro qidiruvga berilgan chet ellik fuqaroni ushlashga muvaffaq bo‘lishdi. Jinoyatchi qirg‘izistonlik hamkasblar tomonidan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan, shu munosabat bilan jinoyat harakatlarining og‘irligini hisobga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Interpol Milliy markaziy byurosining Bishkekdagi hamkasblariga qidiruvdagi shaxs Qirg‘izistonga keyingi jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstarditsiya qilinishidan oldin hibsga olingani haqida ma’lum qilindi.

Hozirda qo‘lga olingan shaxsni Qirg‘iziston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring