Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosining global konferensisida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosining global konferensisida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) va Qozog‘iston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir jahondagi birlamchi tibbiy tizimining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun dunyo davlatlarining sog‘liqni saqlash yetakchilarini birlashtirdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Ushbu global konferensiya dunyoning barcha mamlakatlarida sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Unda barcha mamlakat vakillari sog‘liqni saqlashning umumiy qamrovi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun birlamchi tibbiy yordamga investitsiyalarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Konferensiyada har bir davlatda birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Ikki kun davomida konferensiya dasturi doirasida oliy darajadagi sessiyalar, turli tadbir va ko‘rgazmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring