Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston – KXDR o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqdi

O‘zbekiston – KXDR o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqdi

Foto: O‘FA

2019-yili BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari — 13 va 16-oktyabrda KXDR hamda Qatar terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Shimoliy Koreya terma jamoasi bilan kechadigan o‘yin uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bahs 13-oktyabr kuni soat 19:00 da «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tadi. Chiptalar ushbu stadion kassalarida sotuvga chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring