Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?

«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?

Foto: O‘zA

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi?

Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar, ramzlar miyamizda shakllanib ulgurgan: masalan, Yaponiyani «Kunchiqar yurt» deymiz, elektronikasi, avtomobillari, robotlari bilan mashhur  yoki bo‘lmasa Shveysariya haqida gap ketsa soatlar, banklar, Alp tog‘larini tasavvur qilamiz va hokazo.

Global bozorda mamlakatning milliy imiji o‘ta muhim va qadrlidir. Shunga qarab investitsiyalar oqib keladi yoki aksincha...

«Brand Finance» yaqinda 2018-yilgi hisobotini taqdim etdi: eng qimmat milliy brendlar, eng kuchli milliy brendlar va hokazolar aksini topgan ushbu reytinglashda uch jihat hisobga olingan:

  • Tovarlar va xizmatlar: turizm uchun ochiqlik, bozor hajmi, savdo-sotiq uchun shart-sharoitlar
  • Jamiyat: aholining turmush darajasi, korporativ etika, korrupsiya, madaniyat
  • Investitsiyalar: iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, texnologik qurollanish darajasi, ilm-fanga e’tibor, soliqlar, boshqaruv.

Dunyoning eng qimmat brendlari quyidagi infografikada

Dunyoning eng kuchli brendlari (top-10)

  1. Singapur (AAA+)
  2. Shveysariya (AAA+)
  3. BAA (AAA)
  4. Gonkong (AAA)
  5. Niderlandiya (AAA)
  6. Finlyandiya (AAA)
  7. Yangi Zelandiya(AAA)
  8. AQSh (AAA)
  9. Norvegiya (AAA)
  10. Buyuk Britaniya (AAA)

Umumiy reyting

O‘zbekiston 18 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston «Brand Finance» reytingida bu yil 18 pog‘ona yuqoriladi — 49-o‘rin (AA-). 2016-yilda biz 59-o‘rinda (A+), 2017-yilda 67-o‘rinda (A+) edik.

Milliy brendlarning AA- bandi bo‘yicha joylashuvi

  • Italiya
  • Polsha
  • Kuvayt
  • Sloveniya
  • Panama
  • Litva
  • Marokash
  • O‘zbekiston
  • Kosta-Rika
  • Urugvay
  • Latviya
  • Iordaniya
  • Kipr.

Hozir MDH mamlakatlaridan faqat Ozarbayjon bizdan oldinda (AA). Rossiya (A+), Turkiya (A+), Eron (A+), Qozog‘iston (A+) kabi mamlakatlardan oldindamiz.

O‘zbekiston kuchlilar safidan eng kuchlilar tomon katta qadam tashladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring