Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Osiyo kubogidagi har bir g‘alaba uchun mukofot beriladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Osiyo kubogidagi har bir g‘alaba uchun mukofot beriladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Sharja shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Umid Ahmadjonov ertangi o‘yin oldidan vakillarimizga omad tilar ekan, O‘zbekistonda barcha terma jamoaning g‘alabalarini intiqlik bilan kutayotganini ta’kidlagan.

O‘zbekistonda barcha sizlarga ko‘z tikib turibdi. Har kungi mashg‘ulotlaringiz, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqdamiz. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun o‘zbek xalqini xursand qilishingizni tilab qolamiz. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Bosh murabbiyning barcha talablarini bajarib kelyapmiz. Bundan bu yog‘iga ham bajarimiz. Har bir g‘alaba uchun O‘FA tomonidan mukofot pullari ajratiladi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi Vatan uchun, ota-onangiz, yaqinlaringiz, xalqingiz uchun to‘p suring! Butun fikru xayolingiz faqat g‘alabaga qaratilsin. Chempiion bo‘lish vaqti keldi. Nasib qilsa, Osiyo Kubogini o‘zimiz bilan O‘zbekistonga olib borib, muxlislarimizni, xalqimizni, muhtaram Prezidentimizni xursand qilamiz. Mana shu maqsad yo‘lida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak.

Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper so‘zga chiqdi: "Terma jamoa bir maqsad yo‘lida birlashgan. G‘alaba uchun borimizni berishga tayyormiz. Mukfot pullari ikkinichi darajali masala. Futbolchilar terma jamoa tarkibida birinchi navbatda Vatan uchun to‘p surishadi. Umid qilamanki, barcha o‘ylagan maqsadlarimizga birgalikda yetamiz", - dedi Kuper.

Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov esa futbolchilar nomidan so‘zga chiqar ekan, terma jamoa tarkibidagi barcha o‘yinchilar Osiyo Kubogida Vatan sharafini munosib himoya qilishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.

Xabaringiz bor, 2018 yil yakunlariga ko‘ra Odil Ahmedov Yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Umid Ahmadjonov uchrashuv so‘nggida Odil Ahmedovga "Yilning eng yaxshi futbolchisi"ga atalgan sovrinni topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring