Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari  xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Foto: Mudofaa vazirli matbuot xizmati

Joriy yilning aprel oyidan sentyabr oyiga qadar MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu nufuzli musobaqalar harbiy-amaliy sportning 7 ta turini o‘z ichiga olgan bo‘lib, «Armiya qo‘l jangi» yo‘nalishi bo‘yicha chempionat birinchi marotaba shu yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, «Komandirlik startlari», «Sport oriyentirlanishi» va «Tog‘ uch kurashi» musobaqalari aprel va oktyabr oylarida Rossiya Federatsiyasida, «Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi» iyun oyida Belorus Respublikasida, «Ofitserlar uch kurashi» va «MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish» avgust oyida Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab, harbiy-sport turlari bo‘yicha bosqichma-bosqich saralashdan o‘tgan harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan chempionatda qatnashdi.

Foto: Mudofaa vazirli matbuot xizmati

Yaqinda Samarqand shahridagi Qurolli kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida harbiy xizmatchilar o‘rtasida «ko‘p kurash harbiy sport kompleksi» turi bo‘yicha Mudofaa vazirligi miqyosidagi chempionat bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada harbiy qism va muassasalardan 30ga yaqin jamoalar o‘zaro bellashdi. Unda har bir jamoadan 5 kishidan iborat guruh tarkibi (1 nafar murabbiy va 4 harbiy xizmatchi) ishtirok etdi. Sinov shartlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar yakka va jamoa tarkibida 100 va 3000 metrga yugurish, turnikda tortinish hamda yagona to‘siqlar yo‘lagida bajariladigan umumiy nazorat mashqlarini bajardi. Har bir jamoadan 3 nafar ishtirokchining eng yuqori natijasi inobatga olinib, yakunda jamoaning umumiy bahosi belgilandi. Chempionat g‘oliblari Mudofaa vazirligi terma jamoasi tarkibidan o‘rin oldi.

2017-yilda xalqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda esa birinchi marotaba MDH davlatlari o‘rtasidagi halqaro musobaqada ishtirok etadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan podpolkovnik Bahodir Tuxtanazarov, Zokir Xaziyev, mayorlar Madiyor Saidov, Sherzod Rashidov, kapitanlar Avaz Usmonov, Baxtiyor Madaminov, Odilbek Yuldashev, Husniddin Elmurodovlar shu yilning 16-20-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan harbiy-amaliy sport turining «Komandirlik startlari» yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadi. Jamoa 2018-yilning 15-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Rossiya Federatsiyasiga yo‘l oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring