Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig‘inni yakunladi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig‘inni yakunladi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25-fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdi. Yig‘in davomida futbolchilarimiz Shveysariyaning «Delemon» (2:2) va Gruziyaning «Lokomotiv» (3:2) jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha Ispaniyadagi yig‘inni yakunlab, Turkiyaga yetib borishdi. Endilikda vakillarimiz Turkiyada yig‘inni davom ettirishadi. Terma jamoamiz delegatsiyasi «Limak Eurasia» mehmonxonasiga joylashgan.

Turkiyada Olimpiya terma jamoasi a’zolari nazorat o‘yini o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 27-fevral kuni futbolchilarimiz «Istambul Bashakshehir» klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yig‘in 3 mart kunigacha davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26-mart kunlari Toshkentda o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring