Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston olimpiya termasi Misrni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston olimpiya termasi Misrni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Sog‘lom Avlod» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Bobur Abduxoliqov jamoamizning qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunlab hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Aziz G‘aniyev jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, o‘yinga chiroyli nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuvda vakillarimizning g‘alabasi bilan tugadi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston OTJ – Misr OTJ 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 32 Abduxoliqov, 2:0 – 90+3 G‘aniyev.
O‘zbekiston OTJ: 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Dilshod Saitov, 8.Nurillo To‘xtasinov (23.Oybek Bozorov, 85), 10.Bobir Abdixoliqov (7.Sharof Muhitdinov, 74), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.Shohruh Abdurahmonov, 90+1), 15.Oybek Rustamov (6.Aziz G‘aniyev, 62), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin G‘ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov.
Misr OTJ: 1. Umar Saloh, 4.Jalol Usama (15.Reda Sherif, 46), 5.Abdul Salom Muhammad, 6.Sobir Mahmud, 8.Mohir Nosir (14.Hamdi Ahmad, 66), 11.Muhammad Mustafo (24.Mansi Nosir, 76), 12.Tavfiq Akrom, 17.Ramazon Ahmad, 18.Sobir Muhammad (3.Ayman Ahmad, 82), 19.Hamdi Ammar, 20.Ashur Imom (10.Yosir Ahmad, 46).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring