Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston olimpiyachilari «Lokomotiv» o‘rinbosarlarini mag‘lub etdi

O‘zbekiston olimpiyachilari «Lokomotiv» o‘rinbosarlarini mag‘lub etdi

Foto: «O‘FA»

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilar Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston OTJ yig‘in doirasida «Lokomotiv» klubi o‘rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston OTJ tarkibida gollarga Jahongir Abdusalomov, Shahzod Ubaydullayev va Ilhom Alijonov (penaltidan) kiritdi.

O‘zbekiston OTJ uchrashuvini quyidagi tarkibda boshladi: Mashhur Muxammadjonov, Samandar Shukurillayev, Husnuddin Aliqulov, Abubakir Mo‘ydinov, Doniyor Hoshimov, Abdulla Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Farrux Ikromov, Rasul Yuldashev, Abror Ismoilov, Mirjahon Mirahmadov. Ikkinchi bo‘limda tarkib butunlay yangilanib, zaxiradagi futbolchilarga ham imkon berildi.

Uch kun davom etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida murabbiylar shtabi Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, ularning hujum va himoyadagi taktik va texnik harakatlarini shakllantirish borasida ish olib borishganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring