Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payib-kamayishi sababi ma’lum qilindi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payib-kamayishi sababi ma’lum qilindi

Foto: «ASIA-Plus»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi.

Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari
mln.AQSh dollarida

Ko‘rsatkichlar

01.01.2018

01.04.2018

01.07.2018

01.10.2018

01.11.2018

I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari

28 076,9

28 494,0

27 660,5

26 407,3

26 494,1

   1. Xorijiy valyutadagi aktivlar

14 042,8

14 517,2

13 818,3

12 454,4

11 846,1

   2. Monetar oltin

14 034,1

13 976,8

13 842,2

13 953,0

14 648,0

II. Sof oltin-valyuta zaxiralari

26 567,5

27 086,7

26 648,9

25 494,5

25 716,4

Markaziy bank tomonidan izoh berilishicha, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri — 853,0 mln.doll).

Joriy yilning oktyabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishi qisman oltin narxining 1183,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga o‘sishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishiga ta’siri — 403,2 mln.doll).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring