O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi bugun jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi bugun Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘z ishtirokini boshlaydi.
Birinchi bahs 5-noyabr kuni Paragvay yoshlariga qarshi o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida J guruhiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, u yerda Paragvay, Panama va Irlandiya jamoalari bilan to‘qnash keladi.
Paragvayga qarshi o‘yindan keyingi bahs 8 noyabr kuni Irlandiyaga qarshi bo‘ladi, so‘nggi guruh uchrashuvi esa 11 noyabr kuni Panamaga qarshi o‘tkaziladi.
Bu O‘zbekiston U-17 jamoasining jahon chempionatidagi to‘rtinchi ishtiroki hisoblanadi.
Avvalgi musobaqalarda terma jamoa 2011 va 2023 yillarda chorak finalgacha yetgan, 2013 yilda esa 1/8 finalda o‘z ishtirokini yakunlagan.
O‘smirlar jamoasi musobaqaga turnir uchun quyidagi tarkib bilan ishtirok etmoqda:
- Darvozabonlar: Ibrohim Shokirov, Abdulmalik Anvarov, Ne’matulloh Rustamjonov
- Himoyachilar: Muhammmad Hakimov, Amirhon Muradov, Muhammmadali Musahanov, Behruz Saidmurodov, Muminjon Bahodirhonov, Azizbek Abdumuminov
- Yarim himoyachilar: Qahramon Turgunov, Azizbek Erimbetov, Abdusamad Saidov, Muhammmad Habibullayev
- Hujumchilar: Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbayev, Sayfiddin Sodikov, Jamshidbek Rustamov, Asilbek Aliyev
- Murabbiy: Islombek Ismoilov


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter