Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston OTJ guruhdan chiqish vazifasini uddaladi

O‘zbekiston OTJ guruhdan chiqish vazifasini uddaladi

Foto: www.the-uff.com

Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ummon olimpiya terma jamoasi ustidan  kichik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonning  yagona goliga 37-daqiqada raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan unumli foydalangan Dostonbek Tursunov mualliflik qildi.

«A» guruhining yana bir uchrashuvi — parallel ravishda kechgan Xitoy va Qatar olimpiyachilari bellashuvida qatarliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Mezbonlar tezkor gol bilan hisobga ochgan bo‘lishiga qaramay, qizil kartochka va majburiy o‘zgarishlar o‘z kuchini ko‘rsatdi — yakunda ikki gol o‘tkazib yuborgan Xitoy musobaqa bilan xayrlashdi.

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

Uchrashuv statiskasi
Foto: «Twitter»/ #AFCU23

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring