Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston OTJning Keniyaga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston OTJning Keniyaga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Foto: O‘zA

Xabaringiz bor, bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida Keniya OTJga qarshi maydonga tushadi.

O‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Ravshan Haydarov tarkibda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urgan.

Tarkib quyidagicha:

O‘zbekiston OTJ: Rahim Davronov, Doston Tursunov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abbos Otaxonov, Azizjon G‘aniyev, Abdujamol Isroilov, Aziz Turg‘unboyev, Nurillo To‘xtasinov, Bobur Abduxoliqov, Zabihillo O‘rinboyev.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz Andijonda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi.

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Bellashuv «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring