Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita tez yordam mashinasi sovg‘a qildi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita tez yordam mashinasi sovg‘a qildi

Foto: «Xalq so‘zi online» nashri

O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga ikkita tez yordam mashinasi sovg‘a qilindi. Mashinalardan biri Botken shahri aholisi uchun, ikkinchisi esa Qadamjoy tumanidagi Jani-Jer qishlog‘idagi umumiy shifokorlar amaliyot markazi uchun xizmat qiladigan bo‘ldi.

Tez yordam mashinalari ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va ahillikni mustahkamlash maqsadida tuhfa qilingan, deyiladi «Xalq so‘zi online» nashri xabarida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. O‘tgan bir yarim yil davomida ikki davlat rahbarlari va rasmiy doiralari vakillari bir necha bor uchrashdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari amalga oshirildi.

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida avtobus va aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etish va chegaralar borasida kelishuvlarga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring