Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston razvedkachilari eng kuchlilar safiga kirdi

O‘zbekiston razvedkachilari eng kuchlilar safiga kirdi

Foto: «mudofaa.uz»

ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlarda O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari Rossiya va Xitoydan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

28-iyuldan 9-avgustga qadar Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala o‘quv maydoni bazasida bo‘lib o‘tgan «Qo‘shin razvedkasi a’lochilari» musobaqasida O‘zbekiston razvedkachilari Rossiya va Xitoydan keyingi uchinchi o‘rinni egallashgan. 

Foto: «mudofaa.uz»

Tanlov besh bosqichda bo‘lib o‘tgan: Desant bo‘lib tushish va marsh-brosokni amalga oshirish, Mexanik-haydovchilar musobaqasi, Razvedkachi so‘qmog‘ining to‘siqlarini yengib o‘tish, O‘q otish va Razvedka bo‘linmasining vazifani bajargandan so‘ng yig‘in punktiga chiqishi.

«Musobaqaning barcha bosqichlarida yaxshi natijalarga erishgan holda jamoamiz musobaqa sovrindorlari safidan o‘rin olish uchun astoydil kurash olib bordi va ko‘zlagan maqsadlariga erishdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga harbiy xizmatchilarning professionalligi, bilim va ko‘nikmalarining yuksak darajada ekanligi, shuningdek, jamoadagi o‘zaro hamjihatlik va jipslik, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoq tufayli erishildi», — deydi o‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi rahbari polkovnik Shuhrat Ikramov.

Foto: «mudofaa.uz»

Musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning qo‘shin razvedkachilari jamoalari o‘zaro bellashdi. Filippin va Hindiston vakillari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

9-avgust kuni Novosibirsk shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan musobaqaning tantanali yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimida musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘olib jamoalarga tegishli diplom, medal, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

11-avgust kuni esa Mudofaa vazirligining bir guruh vakillari ishtirokida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqa ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring