Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Olmaotada «Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» xalqaro forumida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Olmaotada «Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» xalqaro forumida ishtirok etmoqda

Abdulla Aripov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri

Foto: «Sputnik»

Bugun Olmaotada «Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» mavzuidagi xalqaro forum o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik

Forum bosh mavzusi zamonaviy trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. 

Foto: «Infocom.uz»

Forum ishida MDH davlatlarining hukumat rahbarlari hamda mas’ul idora va tashkilotlar, shuningdek, biznes va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, AQSh, Singapur, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Rossiya va Ukraina mamlakatlaridan AKT sohasining raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetakchi hisoblangan xalqaro ekspertlar ham taklif qilingan.

«Globallashuv davrida raqamli kun tartibi»  xalqaro forumi umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.

Foto: «Infocom.uz»

Forum dasturi bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring