Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yana bir yutuqqa erishdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yana bir yutuqqa erishdi

«O‘zmilliybank» AJ yana bir yutuqqa erishdi. Bank Compliance Control Ltd kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan QSA-auditi natijalari bilan tasdiqlangan sertifikatga ega bo‘ldi. Bu haqda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki axborot xizmati tomonidan ma’lum qilingan.

— «O‘zmilliybank» AJ ning yangi yutug‘i!

Hurmatli Bankimiz mijozlari, qo‘lga kiritgan navbatdagi yutug‘imiz haqidagi xabar bilan o‘rtoqlashyotganimizdan bag‘oyatda hursandmiz!

«O‘zmilliybank» AJ ga Payment Card Industry Data Security Standard 3.2.1 standarti talablarining to‘lov kartalari ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatish qismi bo‘yicha PCI DSSstandartiga muvofiqligini ko‘rsatuvchi sertifikat topshirilganini ma’lum qilmoqchimiz. Mazkur muvofiqlik sertifikati, Compliance Control Ltd kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan QSA-auditi natijalari bilan tasdiqlangan, — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring