Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Jo‘ra Mahmudov 80 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Jo‘ra Mahmudov 1942 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1992). 1971-75 yillar O‘sh, 1975-78 yillar Samarqand, 1983-94 yillar Sirdaryo teatrlarida bosh rejissyor, 1978-83 yillar televideniyeda, 1997- 2002 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor, 1994-97 yillar Madaniyat ishlari vazirligida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan.

Jo‘ra Mahmudov faoliyati davomida «Ona»,«Qiyomat qarz», «Insonlikka nomzod», «Og‘riq tishlar», «Soxta oqsuyak», «Qayerdasan, jon bolam», «Qirol Lir» va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan. Har bir spektaklni badiiy-g‘oyaviy yuksakligi, ta’sir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan. Jo‘ra Mahmudov «Adolat kuni», «Ovsinlar», «Sadoqat» kabi sahna asarlari, «Osmondan tanga yoqqan kun», «Tomchi», «Alpomish», «Ikkivoy va Beshvoy» kabi kichik tomoshabinlarga bag‘ishlangan ertak-pesalar ham yozgan.

Xabar.uz axborot-tahliliy portali jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring